Analitika va hisobot
Marketingni o‘lchanadigan qilamiz: ariza qayerdan kelgani, qancha turgani va qancha daromad keltirgani ko‘rinadi.
Nimalarni sozlaymiz
Hisoblagich va piksellar
GA4, reklama tizimlari piksellari, sayt va lendinglardan hodisalarni to‘g‘ri uzatish.
Hodisa va maqsadlar
Forma yuborish, raqamga bosish, messenjerga o‘tish — voronkaning har bir muhim qadami qayd etiladi.
Manbalar va UTM
Barcha kanallarga UTM belgilari — arizalar «to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish»ga qo‘shilib ketmaydi.
Dashbordlar
Sarf, arizalar, narx va konversiya — bitta joyda, real vaqtda.
Muntazam tahlil
Xulosali hisobot: nimani masshtablash, nimani o‘chirish, voronkaning tor joyi qayerda.
Ish qanday boradi
- 01
Brif va audit
Mahsulot, auditoriya, joriy kanallar va raqamlarni tahlil qilamiz: nima ishlaydi, nima byudjetni yeydi.
- 02
Strategiya va reja
Offerni shakllantiramiz, voronka xaritasini tuzamiz, kanallar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilaymiz.
- 03
Infratuzilma
Lendinglar, analitika, avtomatlashtirish va arizalarni qayta ishlash — reklamaning birinchi so‘midan oldin.
- 04
Ishga tushirish va testlar
Test bog‘lamalari bilan boshlaymiz, ariza narxini o‘lchaymiz va qoplanmaydiganini o‘chiramiz.
- 05
Masshtablash
Ishlaydigan bog‘lamalarni kuchaytiramiz, kanallarni kengaytiramiz va klik emas, pul bo‘yicha hisobot beramiz.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Sozlash uchun bizdan nima kerak?
Saytga, reklama kabinetlariga va, agar bo‘lsa, CRM ga kirish. Qolgani bizning ishimiz.
Arizalar messenjerga kelsa ham ishlaydimi?
Ha. Telegram va WhatsApp’ga o‘tishlar hodisa sifatida qayd etiladi, bitimlarni esa CRM orqali manbaga bog‘lash mumkin.
CRM’siz ishlaydimi?
Asosiy analitika — ha, ariza narxini ko‘rsatadi. Pul bo‘yicha qoplanishni hisoblash uchun CRM kerak.